Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 10-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Qirgʻizistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Bugun, 16-avgust kuni Choʻlpon-Ota shahrida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 10-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasida keng qamrovli va oʻzaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, bunda, Davlatlarimiz rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodalari, muntazamlik kasb etgan doʻstona va ishonchli muloqotlari asosiy omil boʻlib xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Qayd etilganidek, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Uning hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati mavjud. Suv xoʻjaligi, energetika, transport, avtomobilsozlik hamda boshqa tarmoqlarda qoʻshma kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv yanada kengaymoqda.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi sohasida katta imkoniyatlar mavjudligi, bu borada Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot fondi salohiyatidan unumli foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, energetika, suv xoʻjaligi, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Tomonlar madaniy-gumanitar, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida oʻzaro madaniyat kunlari, etnosport festivallari, tadbirlar, konsert va koʻrgazmalar oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 10 yigʻilishi yakunlari yuzasidan bayon imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring