Oʻzbekiston Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Oʻzbekiston va Ozarbayjon mamlakatlari 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasiga mezbonlik qiladigan boʻldi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda kun tartibidan oʻrin olgan muhim masalalar qatorida 2027-yilgi 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati mezbonlari aniqlandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar oʻrtasidagi Mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan oʻtkaziladigan milliy terma jamoalar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi”, — deyiladi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabaridan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 4-marta Jahon chempionatida ishtirok etgan. Terma jamoamizning eng yaxshi natijasi chorak final hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring