O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi

11:28 30 Mart 2018 Siyosat
3156 0
Foto: akipress.com

Toshkentda O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi. 

Unda Mo‘g‘iliston do‘stlik jamiyatlari Kengashi raisi, kosmonavt Jugderdemidiyn Gurragcha ishtirok etib, o‘zaro an’anaviy madaniyat kunlarini o‘tkazish aloqalarni ravnaq toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Muloqot ishtirokchilari O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, tinch va farovon hayotni ta’minlashda “xalq diplomatiyasi” muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etdilar.

Yakunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Mo‘g‘iliston do‘stlik jamiyatlari Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?