Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda
Senatda Oʻzbekiston va Malayziya parlamentlarining yuqori palatalari oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha komissiyalarning uchrashuvi onlayn formatda boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi faol va ochiq muloqot Oʻzbekiston–Malayziya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlashda parlamentlarning oʻrni muhim ekani alohida taʼkidlandi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning Malayziya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi izchil kengayib borayotgani taʼkidlandi.
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada faollashtirish va parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring