Oʻzbekiston va Kot-dʼIvuar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi
29-aprel, seshanba kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Kot-dʼIvuar Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunike imzolandi. Bu haqida “Dunyo” dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Kot-dʼIvuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzolagan.
“Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga ham erishilgan.
Maʼlumot uchun, Gʻarbiy Afrikada joylashgan Kot-dʼIvuar Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 160 davlatga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring