Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi havo qatnovlari haftasiga 100 taga yetkazilishi mumkin
Xitoy fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyatida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati Xalqaro hamkorlik departamenti direktori oʻrinbosari Myao Sin va elchixona vakillari ishtirok etdi.
Xitoy tomoni soʻngi yillarda Oʻzbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda mamlakatimizning turizm imkoniyatlari bilan atroflicha tanishtirildi.
Shuningdek, xorij tomoni fuqarolarning madaniy almashinuvi va oʻzaro sayohatlarini faollashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan ijobiy natijalar haqida ham soʻz yuritildi.
Myao Sin Xitoy va Oʻzbekiston munosabatlarining faol dinamikasini olqishlagani holda, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik kelgusida ham barcha sohalarida jadal rivojlanishda davom etishini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oʻz navbatida, suhbatdosh soʻngi yillarda tomonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy va yuqori darajalardagi muloqotlar chogʻida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida ayni vaqtda ikki mamlakat oʻrtasidagi parvozlar sonini 18 taga yetkazilganini maʼlum qildi.
Ushbu parvozlar “Uzbekistan Airways“, “China Southern Airlines” va “Loong Air” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Havo qatnovlari Pekin va Toshkent oʻrtasida 7 ta, Urumchi va Toshkent oʻrtasida 5 ta, Sian va Toshkent oʻrtasida 3 ta va Chendu va Toshkent oʻrtasida 3 tani tashkil qilmoqda.
Suhbat chogʻida, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi markazi sifatidagi oʻrni va qoʻshni mamlakatlar fuqarolarining yurtimiz orqali xorijga uchishdagi imkoniyatlariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar mazkur yoʻnalishdagi tizimli ishlarni izchil davom ettirishga, xususan sohaga oid shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yaqin kelajakda ikki mamlakat oʻrtasidagi parvozlar sonini haftasiga 100 taga yetkazish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring