Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasida parlamentlararo muloqot rivojlanmoqda

21:05 17 Mart 2026 Siyosat
195 0

Joriy yilning 17-mart kuni “Oʻzbekiston – Indoneziya” va “Indoneziya – Oʻzbekiston” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi oʻtkazildi.

Muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya va eksport sohalarida hamkorlikni faollashtirish hamda yuqori darajadagi tashriflarni tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekistonning Indoneziya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi izchil kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, oʻzaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlashda parlamentlarning oʻrni muhim ekani alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish va izchil davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?