Oʻzbekiston va Germaniya parlamentlararo munosabatlari mustahkamlanmoqda
“Oʻzbekiston-Germaniya” va “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida parlamentlararo hamkorlikni Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlarining ustuvor yoʻnalishi sifatida yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy Majlis Senati va Germaniya Bundestagi oʻrtasidagi hamkorlik, shu jumladan Parlamentlararo ittifoq va YXHT Parlament assambleyasi doirasida tizimli va jadal rivojlanayotgani, “Oʻzbekiston-Germaniya” hamda “Germaniya – Markaziy Osiyo” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlari qonun ijodkorligi sohasida samarali platformaga aylangani, qoʻmitalar oʻrtasida muntazam muloqot va oʻzaro tashriflar dolzarb masalalarni muhokama qilishga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek, taʼlim va gumanitar sohalarda sheriklikni kengaytirish muhimligiga eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring