Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi
Parij shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.
Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim almashildi.
Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:
- Oʻzbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
- readmissiya toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
- Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan Oʻzbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi;
- tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
- 2026-2030-yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
- diplomatik pasport egalarini viza talablaridan oʻzaro ozod qilish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim;
- xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;
- sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;
- fransuz tilini oʻqitishni kengaytirish toʻgʻrisida bayonnoma;
- musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya;
- Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti oʻrtasidagi hamkorlik bitimlari;
- Toshkent va Parij shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring