Oʻzbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston bilan Finlyandiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga boʻlajak tashrifiga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan atroflicha koʻrib chiqildi.
Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024-yilda tovar ayirboshlash 24 foizga oshdi. 2022-yildan mamlakatimizda Finlyandiyaning “Nordik” universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi, kimyo, energetika, konchilik, telekommunikatsiya va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, jumladan, taʼlim tizimiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Aniq loyihalarni tayyorlash uchun Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini oʻtkazish taklif qilindi.
Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Nizolarni xalqaro huquq normalari asosida tinch yoʻl bilan hal etish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring