Oʻzbekiston va Eron xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida amaliy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
Nyu-York shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva Eron Islom Respublikasining Xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston va Eron Islom Respublikasi oʻrtasidagi aloqalar, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va siyosiy muloqotlar izchil rivojlanib bormoqda.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasida sherikchilikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi, shuningdek, ikki davlat hukumatlari va parlamentlari oʻrtasidagi faol oʻzaro aloqalar mamlakatlarimiz ayollari oʻrtasidagi hamkorlik uchun muhim platforma yaratayotgani alohida qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlik doirasida xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-maʼrifiy hayotdagi ishtirokini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni qoʻshma loyihalar asosida birlashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Xususan, ilmiy muassasalar oʻrtasida oila va xotin-qizlar muammolarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik qilish hamda Oʻzbekiston va Eronning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring