Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida huquqiy hamkorlik mustahkamlanmoqda
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Senatning yettinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.


Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda Oʻzbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi hamkorlik tez surʼatlarda rivojlanmoqda. Shu kunga qadar ikki davlat oʻrtasida ekstraditsiya, jinoyat ishlarida huquqiy yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy munosabatlar, daromad soliqlari boʻyicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish, fan va texnika kabi yoʻnalishlarda jami 31 ta kelishuv imzolangan.
Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan ushbu Bitim Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida 2024-yil 17-sentyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.


Hujjatda ikki davlat oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, har ikki davlat fuqarolarini bir-birining hududida teng huquqiy himoya bilan taʼminlash hamda fuqarolik va iqtisodiy masalalar yuzasidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.
Shuningdek, fuqarolar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal etish, sud hujjatlarini tan olish va ijro etish kabi masalalar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish tartibi ham belgilanmoqda.


Senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi kelgusida ikki mamlakat oʻrtasidagi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yanda rivojlantirish va mustahkamlashga, xususan, sud-huquq sohasida hamkorlikning yanada rivojlanishiga erishish, shuningdek, ikki davlat oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi taʼkidlandi.


Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun maʼqullandi.
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring