Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar nega yoqilmoqda?
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalardagi qamishzorlar rejali tartibda yoqilmoqda. Bu jarayon atrof-muhit xavfsizligini taʼminlash, zararli hasharotlar koʻpayishini oldini olish va yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi chora sifatida amalga oshirilyapti, deb yozdi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu ishlar mutasaddi idoralarning ruxsati va masʼul organlarning oʻzaro kelishuvi asosida olib borilyapti. Yongʻin harakatlari toʻliq nazorat ostida boʻlib, xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilinadi.
Mutaxassislarning fikricha, qamishzorlarning yoqilishi suv havzalarida gigiyenik sharoitni yaxshilash, hasharotlarning nazoratsiz koʻpayishining oldini olish va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Ushbu tadbir belgilangan reja asosida va maxsus xavfsizlik qoidalariga mos ravishda amalga oshirilmoqda.
Tegishli organlar aholining xavotirga tushmasligi uchun jarayon doimiy kuzatuv ostida ekanini va ushbu chora-tadbirlar ekologik meʼyorlarga mos ravishda amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring