Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi

Kecha, 9-sentyabr kuni U-23 Osiyo chempionati musobaqasi saralashining 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Xususan, Qirgʻiz Respublikasida tashkil etilgan “E” guruhida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi. Ushbu bahsda Ravshan Haydarov shogirdlariga Falastin terma jamoasi raqiblik qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobi bilan Oʻzbekiston yoshlarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan goʻllarga “Paxtakor” futbolchisi Behroʻz Asqarov va “Surxon” hujumchisi Rustam Turdimurodov mualliflik qildi. Falastin terma jamoasining yagona javob goli Muhammad Sanduqqa hisobiga yozildi.
Shu tariqa oʻyin Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Biroq bu Ravshan Haydarov shogirdlariga guruhda 1-oʻrinni olish imkonini bermadi. Mezbon Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasi toʻplar nisbatiga bilan guruhda yetakchilikni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa reglamentiga koʻra, Osiyo kubogi musobaqasining final bosqichiga oʻz guruhida gʻolib boʻlgan 11 ta jamoa va eng yaxshi natijaga ega 4 ta 2-oʻrindagi jamoalar chiqishi kerak edi.
Oʻzbekiston, Xitoy, Livan va Birlashgan Arab Amirliklari U-23 terma jamoalari aynan eng yaxshi 2-oʻrindagi terma jamoalar maqomi bilan kelgusi yili Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan musobaqa yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring