Oʻzbekiston–Tojikiston parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish yoʻlida
Joriy yilning 30-sentyabr kuni Senatda onlayn shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda parlamentlararo muloqot ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda barcha sohalardagi hamkorlikni kengaytirishning samarali vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Shu bilan birga, Komissiya faoliyati Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishda muhim qadam ekani taʼkidlandi.
Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring