Oʻzbekiston TIV Tailand va Kambodja oʻrtasidagi ziddiyat yuzasidan bayonot eʼlon qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja oʻrtasidagi chegarada yuz bergan qurolli toʻqnashuv yuzasidan bayonot eʼlon qildi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz. Vazirlik vatandoshlarimiz xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishda davom etadi. Fuqarolarimizdan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslikni va rasmiy xabarlarni kuzatib borishni soʻraymiz”, — deyiladi TIV bayonotida.
Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror boʻlib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatarlar yoʻq.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda Bangkokdagi Bosh konsulxonaning (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilishlari eslatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring