Oʻzbekiston termasi Singapurni yirik hisobda magʻlub etdi

09:10 08 Iyun 2021 Sport
501 0

Jahon chempionati saralash oʻyinlarini markazlashgan holda Saudiya Arabistonida davom ettirayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi Singapur termasini yirik - 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Futbolchilarimiz uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq bugun gʻalaba qozonishlari muqarra ekanliklarini amalda isbotlay olishdi. Toʻpni nazorat qilish, shoshilmay, bemalol maydon boʻylab harakatlanish, ortiqcha kuch ishlatmay raqib oʻyinchilariga oʻyin bermaslik... ustunlik butunlay biz tomonda ekanligi boshidanoq sezildi.

Gollarga eʼtibor bering:

6-daqiqa. Ikrom Aliboyevning chiroyli pasidan keyin Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi.

35-daqiqa. Eldor Shomurodovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan toʻpga Jaloliddin Masharipov egalladi va darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi.

45+2-daqiqa. Eldor Shomurodov ham golsiz qolmadi.

50-daqiqa. Odil Ahmedov ham gol urishi kerak edi, urdi ham.

89-daqiqa. Odil Ahmedovning uzatmasi raqib himoyachining boshiga tegib, golga aylandi...

OʻZBEKISTON - SINGAPUR - 4:0

“Qirol Faxd” stadioni, Ar Riyod, Saudiya Arabistoni

Bosh hakam: Ali Abdulnabi Alsamahiji (Bahrayn)

Qanot hakamlar: Navof Shahin Musa (Bahrayn), Fadi Mahmud (Suriya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

Nazoratchi: Umar Musa Abu Lum (Iordaniya)

Komissar: Asep Saputra (Indoneziya)

Gollar: Jaloliddin Masharipov (6ʻ, 35), Eldor Shomurodov (45+2), Odil Ahmedov (50), Irfan Fandi (89-oʻz darv.).

Oʻzbekiston: Sanjar Quvvatov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov, 45), Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Oleg Zoteyev, Otabek Shukurov (Odiljon Hamrobekov, 55), Odil Ahmedov, Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov (Farruh Ikromov, 55), Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 46, Temurxoʻja Abduholiqov, 60), Eldor Shomurodov

Singapu: Izvan Mahbud, Madxu Moxana (Zulqarnayn Suzliman, 67), Bayxakki Xayzan, Shakir Xamza, Nazrul Nazari (Shaval Anuar, 46), Shahdan Sulaiman, Zulfaxmi Arifin, Xafiz Sujad (Irfan Fandi, 30), Xazzuvan Xalim (Sayfulla Akbar, 71), Faris Ramli, Yasir Xanapi

Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov (12), Odiljon Hamrobekov (59), Islomjon Qobilov (90+1) - Bayxakki Xayzan (10), Zulfaxmi Arifin (33).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?