Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov hayotdan koʻz yumdi

16:54 28 Dekabr 2021 Sport
1350 0

Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi Nikolay Shirshov 48 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. Manbada futbolchining oʻlimining sababi oshkor qilinmagan.

Nikolay Shirshov professional futboldagi faoliyatini 1991-yilda boshlagan edi. U poytaxtning “Traktor” va “Paxtakor” klublarida toʻp surgan. 1996 — 2005-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini 64 oʻyinda himoya qilib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol urgan. U 1996, 2000, 2004-yillarda oʻtkazilgan Osiyo kubogi bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan edi.

Nikolay Shirshov, shuningdek, Rossiyaning “Rostov”, SKA (Rostov-na-Donu), “Bataysk-2007”, “Taganrog”, MITOS kabi klublarida ham oʻynagan. U 2013-yilda faoliyatini yakunlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?