“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bayramlar arafasida chegirmalar eʼlon qildi

16:01 22 Dekabr 2021 Jamiyat
1532 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar haqida eʼlon qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, 2021-yilning 31-dekabr — 2022-yil 4-yanvar, 2022-yil 21 — 23-mart hamda 2022-yil 1-2-sentyabr kunlarida quyidagi bayram chegirmalar mavjud:

— nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941 — 1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan — 50%;

— oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan — 15%;

— oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan — 15%;

— bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yoʻriqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan — 15%;

— “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan — 10%.

Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temir yoʻl kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?