Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya biznes-forumida nutq soʻzladi

12:51 25 Iyul 2023 Siyosat
327 0

Tashqi ishlar  vaziri Baxtiyor Saidov kecha Londonda  oʻtkazilgan  “Oʻzbekiston - Buyuk Britaniya” biznes–forumida  ishtirok etdi.

«Bugun Londonda Oʻzbekiston – Buyuk Britaniya biznes-forumi ishtirokchilarini qutladik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Oʻzbekiston oʻzaro manfaatli hamkorlikka kirishishga ishtiyoqmand va tayyor, oʻz eshiklarini dunyoga har qachongidan ham kengroq ochib, Buyuk Britaniya kompaniyalarini ajoyib taraqqiyot sayohatining bir qismi boʻlishga taklif qilmoqda».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?