Oʻzbekiston sugʻorish tizimlarini yangilash uchun 250 million dollar suveren kredit oladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekiston boʻylab 110 ta sugʻorish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 million dollargacha boʻlgan suveren kredit ajratadi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Unda aytilishicha, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida bitim imzolangan.
Mazkur hujjatga koʻra, mamlakat boʻylab 110 ta sugʻorish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 million AQSH dollarigacha boʻlgan suveren kredit ajratilishi nazarda tutilgan.
“Ushbu loyihadan 10 ta hudud qamrab olinadi va u Oʻzbekiston sugʻorish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha Milliy dastur ijrosiga koʻmaklashadi. Natijada yiliga 251 ming Mvt⋅soat elektr energiyasi tejaladi va atmosfera havosiga chiqariladigan karbonat angidrid miqdori 117 ming tonnadan ortiq kamayadi. Shuningdek, loyiha doirasida nasos stansiyalarining tomlariga quyosh panellari oʻrnatilishi kabi qoʻshimcha infratuzilma ham yangilanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi investitsiyaviy portfeli 5,6 milliard yevro qiymatidagi 181 ta loyihani oʻz ichiga oladi. Mablagʻlarning asosiy qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
- “Liverpul” yulduzi Diogo Jota avtohalokatda vafot etdi. U yaqindagina oila qurgandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring