Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 8 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 261–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 124-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262–I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 125-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 20-modda) XIV boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–255-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 335-modda) 5-moddasi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–411-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016 yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019 yil 17 yanvar
№ OʻRQ—517
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring