“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog” faxriy unvoni taʼsis etildi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–650-son, 30.11.2020-y.) Bu haqda huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.
Mazkur faxriy unvon yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirish, geologiya-qidiruvga oid ishlab chiqarishni kengaytirish, mineral-xom ashyo bazasini yaratish va mustahkamlash, foydali qazilma konlarini ochish va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga topshirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda va foydali qazilmalarni qazib olishda ekologik jihatdan toza ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, tomografiya-geodeziya tarmogʻining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring