Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbiriga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda
Foto: president.uz
Maʼlumki, joriy yilning 20-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha Respublika shtabiga kelib tushgan 8 100 ta murojaatning 4 760 tasi hal etilishi taʼminlandi. Shuningdek, tadbirga tayyorgarlik davomida prokuratura organlari faoliyati bilan bogʻliq kelib tushgan jami 418 ta murojaat bevosita koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, hududlarda tuzilgan shtablar mutasaddi idoralarning hisobotlarida hal qilingani koʻrsatilgan murojaatlarning haqiqatda hal etilgani tegishli murojaat muallifi ishtirokida nazorat tartibida oʻrganmoqda.
Shtab aʼzolari murojaat etuvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, haqqoniy maʼlumotlarni olmoqda. Taʼkidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan “qoʻshma topshiriq” imzolanganidan buyon 1 000 dan ortiq murojaat shtab aʼzolari tomonidan xuddi shu tartibda oʻrganib chiqildi.
Shuningdek, ushbu tadbir davomida bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelayotgan eng dolzarb muammolar, yaʼni, biznesni moliyalashtirish, soliq, yer, infratuzilma va tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish borasidagi muammolar tizimlashtirilib, ularni hal etishga qaratilgan 20 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, Respublika shtabiga kiritildi.
Tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan holda “ochiq muloqot”ni koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish borasida tegishli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring