“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–700-son, 06.07.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali berdi.
Qonunga koʻra, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan mustaqil tarzda olib boradi.
Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Prezident davlat xavfsizlik xizmati bevosita Prezidentga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Prezident davlat xavfsizlik xizmati kasbga yaroqlilik boʻyicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda toʻldiriladi.
Xizmatga Qurolli Kuchlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, shuningdek Oʻzbekistonning ayol jinsiga mansub boʻlgan, harbiy-hisob mutaxassisligi boʻyicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlmagan fuqarolari qabul qilinadi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring