Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

10:32 30 Avgust 2022 Hujjatlar
1482 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, sport, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan

1. Xalmuradov Rustam Ibragimovich - Samarqand davlat universiteti rektori

2. Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan

Anvarov Ismoil Boyqulovich - Bandixon tumanidagi 17-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

1. Axmadaliyev Fayzullaxan - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassom

2. Ismailov Bobir Abduraximovich - Toshkent shahridagi “Caravan Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati rassomi

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan

1. Inoyatov Djurakul Baxritdinovich - Samarqand shahridagi “Usto” shoʻba korxonasi badiiy rahbari, Samarqand viloyati

2. Kamalov Shokir Sharifovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, temirchi usta, Buxoro viloyati

3. Raximov Toxir Axmedovich - “Hunarmand” uyushmasining Nurota tumani boʻlimi aʼzosi, toshtarosh-usta, Navoiy viloyati

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

1. Akbarov Xamidulla Ilyasovich - Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoshunos

2. Dadabayev Xamidulla Aripovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti til nazariyasi kafedrasi professori

3. Isomov Boxodirjon Sirojiddinovich - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

4. Isxakov Mirsadik Mirsultanovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi mudiri

5. Umurzakov Uktam Pardayevich (marhum) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori

6. Xudayberganov Kamiljon - “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy kotibi, Xorazm viloyati

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

1. Mamajonov Tursunali - Fargʻona tumanidagi “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari, Fargʻona viloyati

2. Filanovich Margarita Ivanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi yetakchi ilmiy xodimi

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

1. Aripova Tamaraxon Oʻktamovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

2. Zufarov Mirjamol Mirumarovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining yuqori texnologiyalar boʻyicha oʻrinbosari

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

1. Kapadze Timur Taxirovich - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi va “Olimpik” futbol klubi bosh murabbiysi

2. Muminov Vladimir Murzanovich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport boʻlimi murabbiysi

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

Zabelinskaya Olga Sergeyevna - Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining velosport boʻlimi sportchisi

 

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, adabiyot, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, yosh avlodni yuksak gʻoyalar ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan ulkan hissasi hamda jamoat ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

1. Radjabov Xasan Yunusovich - Yunus Rajabiy uy-muzeyi direktori

2. Utaganov Yulbars Xajimatovich - Izboskan tumanidagi “Utaganov Yulbars” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

3. Yusupov Sharofidin Isomidinovich - “Hunarmand” uyushmasining Rishton tumani boʻlimi aʼzosi, kulol, Fargʻona viloyati

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Matyakubov Ataxan - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining doston ijrochiligi kafedrasi dotsenti

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

1. Abdullayev Ramazon Bobomurodovich - Boysun tumanidagi 53-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

2. Abdullayev Rustam - Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

3. Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

4. Babayeva Kubara - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, kulol, Buxoro viloyati

5. Iskandarov Boʻri - Kasbi tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

6. Isroilov Barot - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Toshkent viloyati

7. Niyozov Soyibjon Navruzovich - Toshkent viloyati namunali “Maqom” ansambli xonandasi

8. Turayev Isok Latipovich - Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi

9. Umarova Dilorom Kuchkarovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

10. Usmanov Aziz Magdaliyevich - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi professori

11. Fayzulayev Saidbaxram - Gʻallaorol tumani madaniyat boʻlimiga qarashli “Marjon” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati

12. Xatamova Yorkinoy Gʻaniyevna - Fargʻona viloyati musiqali drama teatri aktyori

13. Xasanov Baxtiyor Vaxapovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

1. Abdukunduzova Valentina Nikolayevna - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri grim ustaxonasi mudiri

2. Abdullayeva Mexrijon Kabirovna - Namangan viloyati musiqali drama teatri aktyori

3. Abduraxmanov Sayib - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali metallurgiya kafedrasi professori

4. Azamatova Karima Nabiyevna - Guliston shahar koʻzi ojizlar madaniyat markazining Brayl yozuvi boʻyicha toʻgarak rahbari, Sirdaryo viloyati

5. Ansatbayev Najimatdin - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialining rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori

6. Astafurova Natalya Konstantinovna - Yangiyer shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

7. Beknazarov Turgun Saidovich - Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

8. Berdimuratova Alima Karlibayevna - Qoraqalpoq davlat universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

9. Buxaidze Igor Shalvovich - Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri aktyori

10. Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiysi

11. Kazakov Viktor Timofeyevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʻqituvchisi

12. Katayeva Vera Sergeyevna - Qarshi shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi, Qashqadaryo viloyati

13. Kattayev Komilxon Salohiddinovich - Maxdumi Aʼzam ilmiy-tadqiqot fondi rahbari, Samarqand viloyati

14. Kudbiyev Davlatbay - Fargʻona politexnika institutining buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori, Fargʻona viloyati

15. Litvinenko Irina Anatolyevna - “Oʻzbekfilm” kinokonserni» davlat unitar korxonasi liboslar boʻyicha postanovkachi rassomi

16. Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna - Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli badiiy rahbari

17. Malikov Rashid Karimovich - “Oʻzbekfilm” kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi rejissyori

18. Mullaxanov Azim Azizovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

19. Musabayev Xusan Kasimovich - “Mahalla” teleradiokanalining “Televizion miniatyuralar teatri” aktyori

20. Nuratdinova Zamira Kalbayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi leprozoriysi bosh shifokori

21. Pirmatov Serik - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining amaliy grafika kafedrasi dotsenti

22. Prekeshova Anargul Usenovna - Moʻynoq tumanidagi 7-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

23. Prjanov Tursunbay Maribjanovich - Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

24. Samadov Raxmatulla Sunatullayevich - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining maqom cholgʻu ijrochiligi kafedrasi dotsenti

25. Sotnikova Tatyana Nikolayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano boʻlimi oʻqituvchisi

26. Tashkenbayeva Nelya Valiaxmedovna - teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi

27. Temirov Amirjon Boboavezovich - Soʻx tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Fargʻona viloyati

28. Toshev Davron Boʻronovich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, miniatyurachi rassom, Buxoro viloyati

29. Tuychiyeva Sayyora Suyarqulovna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

30. Turayev Yunus Sharipovich - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining estrada xonandaligi kafedrasi professori

31. Ubaydullayev Raxim Kutfidinovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, pichoqchi usta, Namangan viloyati

32. Oʻnarov Sobir Hamzayevich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

33. Usmanov Yuldash - “Bulbuliguyo” folklor-etnografik xalq ansambli aʼzosi, Surxondaryo viloyati

34. Fayzullayeva Elmira Tulkunovna - Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sinxron suzish boʻlimi murabbiysi

35. Xayretdinova Farida Faritovna - Andijon olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining voleybol boʻyicha murabbiysi, Andijon viloyati

36. Xakimdjonov Xatam Xalilovich - Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi huzuridagi Margʻilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy soʻz ustasi, Fargʻona viloyati

37. Xamzayev Faxritdin Kutfutdinovich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, ganch oʻymakorligi ustasi, Toshkent shahri

38. Shukurov Eshqabil Jurayevich - “Maʼnaviy hayot” jurnali bosh muharriri

39. Ergashov Jalil Umarovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, xattot, Samarqand viloyati

40. Yuldashova Nozik Abdusalomovna - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, kashtadoʻz, Samarqand viloyati

41. Yusupova Venera Ismetovna - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining qoʻgʻirchoq teatri sanʼati kafedrasi dotsenti

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

1. Axmedova Mamagul Fayziyevna - Qarshi tumanidagi “Momogul” folklor-etnografik xalq ansambli aʼzosi, Qashqadaryo viloyati

2. Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

3. Kamalov Jamaliddin Sayfitdinovich - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Toshkent shahri

4. Mamatkulov Abdulxamid - Guliston ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining xalq cholgʻulari kafedrasi oliy toifali oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

5. Salimova Nigora Abdulkarimovna - Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

6. Solomonova Svetlana Andreyevna - Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

7. Soxibova Maxsuda Mamadiyorovna - Samarqand viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

8. Togʻayeva Adolat - Nurobod tumanidagi “Tegirmonboshi” mahalla fuqarolar yigʻini kutubxonasi mudiri, Samarqand viloyati

9. Umbarov Salim Shukurovich - Fargʻona viloyati sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining kamondan oʻq otish boʻyicha murabbiysi

10. Xolmatova Mavludaxon Tursunovna - Andijon tumanidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchisi, Andijon viloyati

11. Xolmuratova Odinaxon Mamitovna - Jalaquduq tumanidagi 12-maktabgacha taʼlim muassasasi direktori, Andijon viloyati

12. Cheprunova Lyubov Nikolayevna - Respublika oliy oʻsmirlar sport mahorati maktabining yengil atletika boʻyicha murabbiysi

13. Shakirov Roman Ildarovich - Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sambo boʻlimi katta murabbiysi

14. Yusupov Norkuli Tursunovich - Oʻzbekiston bel olish va uchkurash assotsiatsiyasi raisi

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

1. Nariyev Eduard Ustemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori

2. Nurova Zoya Ramazanovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining tez tibbiy yordam boʻlimi mudiri

3. Strigina Zarema Subbiyevna - Toshkent viloyatidagi “Metallurg” shifoxonasi bosh shifokori

4. Suyarova Nuriya Egamberdiyevna - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasining nevrologiya boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati

5. Yusupaliyev Baxodir Kaxramanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan

1. Artukbayeva Nigora Narkoʻziyevna - Guliston shahar tibbiyot birlashmasining 3-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati

2. Baratova Shahzoda Abdullajonovna - Kosonsoy tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

3. Raxmonova Gavxar Abdulazizovna - Namangan tumani tibbiyot birlashmasining 12-oilaviy poliklinikasi tibbiy brigada hamshirasi, Namangan viloyati

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

1. Bazarov Oybek Sunnatovich - Navoiy viloyati koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi uslubchisi

2. Gizatullina Alina Albertovna - “Ommaviy xalq bayramlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi “Yoshlar baleti” guruhi artisti

3. Xamdamova Sabina Utkurovna - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining davlat xor kapellasi artisti

4. Xoshimov Davron Islom oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi artisti

5. Shermetova Saboxat Bardiboy qizi - Xiva shahar madaniyat boʻlimiga qarashli “Sayqal” folklor-etnografik xalq ansambli toʻgarak rahbari, Xorazm viloyati

 

“Shuhrat” medali bilan

1. Abduraxmonova Mexri Qudratovna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati boʻlimi rahbari, shoir

2. Agajanova Nazira Nabiyevna - Fargʻona viloyati “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat-uyi sanitar-enagasi

3. Azimov Maʼruf Maxmudovich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Navroʻz” ashula va raqs ansambli sozandasi

4. Alimardanov Rustam Gʻayratovich - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

5. Alimova Nigora Israilovna - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi direktori

6. Asadov Mansur Mirdjamolovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

7. Jonibekov Ziyodullo Toshtemirovich - Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshligʻi

8. Izamov Djamshid Anvarovich - “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi ovoz rejissyori

9. Islamov Narimon Kabuljanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazining 2-kardioxirurgiya boʻlinmasi mudiri

10. Qurbonov Qoʻchqor - Chiroqchi tumanidagi “Chiroqchi chiroqlari” folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

11. Mamadaliyeva Saida Farmanovna - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

12. Mansurov Furkat Xusnutdinovich - Respublika “Usto” uyushmasi tarkibidagi “Toshkent badiiy keramika tajriba kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

13. Mirzaaxmedov Rasuljon Turgunbayevich - Respublika “Hunarmand” uyushmasining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi, mato toʻquvchi usta

14. Mirmaxmudova Kamola Mirnigmatovna - Olmazor tumanidagi 522-ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi logopedi, Toshkent shahri

15. Nazarov Baxromjon Baxtiyorovich - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

16. Raimova Feruza Baxodirjonovna - Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun 1-internat-uyi tarbiyachisi

17. Ruzmetov Alisher Ganiyevich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining “Oʻzbekiston” ashula va raqs ansambli xonandasi

18.Samandarova Sayyora Erkinovna - Urganch shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi,
Xorazm viloyati

19. Togʻoyev Maxmud Abdulloyevich - Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining ogʻir atletika boʻyicha murabbiysi

20. Tohirov Hamza Bobojonovich - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Buxoro viloyati

21. Umarov Anvarjon Abdurasulovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, beshikchi usta, Andijon viloyati

22. Oʻrinova Maxfuza Maxammatsalimovna - Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

23. Xaydarov Ruslan Rajabovich - “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi davlat muassasasi sahnalashtiruvchi rejissyori, Toshkent shahri

24. Xidirova Bahor Hazratqulovna - “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri

25. Xolmuminov Asqar Sayfullayevich - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori

26. Eshonova Salimaxon Nishonbek qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti boʻlim boshligʻi

27. Yuvakayeva Inessa Maratovna - “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

28. Yunusov Akramxon Xakimjonovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, kandakor, Fargʻona viloyati

29. Yaqubov Ikrambay Oʻrinovich - Xonqa tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi mudiri, Xorazm viloyati

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?