Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Jinoyatchilikni ilmiy tadqiq qilishning dolzarb masalalari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Kecha, 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Jinoyatchilikni ilmiy tadqiq qilishning dolzarb masalalari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir institut faoliyati, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, jinoyatchilik tendensiyalarining tahlili va zamonaviy kriminologik tahdidlar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish, mavjud muammolar va istiqboldagi chora-tadbirlar yuzasidan ochiq muloqotni taʼminlashdan iborat boʻldi.
Hozirda Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan 15 ga yaqin, xususan Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardagi kriminologiya institutlari, jinoyatchilikni tadqiq qilish markazlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Tadbirda ushbu davlatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilgʻor amaliyoti, jumladan kiberjinoyatchilik, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va reabilitatsiya dasturlari boʻyicha tajribalar namoyish etildi.
Ishtirokchilar jinoyatchilik boʻyicha statistik tahlillar, soʻrovnomalar, ilmiy prognozlar va kriminogen hududlarni aniqlash boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari hamda jinoyatchilikning omillarini aniqlashdagi innovatsion yondashuvlar bilan tanishdi.
Shuningdek, institut tomonidan nashr etilgan kriminologik jurnallar, ilmiy maqolalar, uslubiy qoʻllanmalar, axborot varaqalari va ijtimoiy foydali bukletlar taqdim etildi. “Kriminologik faoliyat” milliy va “Kriminologiya” xalqaro jurnalining yangi soni, voyaga yetmaganlar bilan ishlashga doir metodik tavsiyalar taqdim qilindi.
Bundan tashqari, ushbu anjuman davomida mehmonlarga jinoyatlarni tahlil qilishda qoʻllanilayotgan texnologik vositalar: elektron nazorat tizimlari, smart-brasletlar, interaktiv monitoring paneli va kelgusidagi sunʼiy intellekt asosida jinoyat prognozi boʻyicha ishlanmalar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Davronbek ERNAZAROV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring