O‘zbekiston – Qatar: diplomatik munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent shahri, 2024 yil 15 aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur Bitimda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda.

Jumladan, Bitimda ko‘lamdor maqsadlarni ko‘zlagan ta’lim va ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va madaniy meros, turizm, sport kabi muhim sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek iqtisodiyot, boshqaruv, diplomatiya va turizm sohalarida kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu hujjatda xalqaro shartnomalarga muvofiq o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investisiyalarni jalb qilish va rag‘batlantirish hamda xususiy sektorlardagi qo‘shma korxonalarni tashkil qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish nazarda tutilmoqda.

Hujjatda xalqaro terrorizm va ekstremizmga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, qurollarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga, uyushgan jinoyatchilikka, odam savdosiga qarshi kurashish va ularni bartaraf etish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va birlashtirish bo‘yicha aniq va rejali choralar belgilanmoqda.

Senatorlarning fikricha, Bitimning ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun ma’qullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring