“Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Samarqand shahrida “Yangi Oʻzbekiston — inson qadri ulugʻlangan yurt” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar doirasida “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Qahramoni, maʼnaviyat fidoyilari, olimlar, ziyolilar va yoshlar ishtirok etdi.
Taqdimot marosimini Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov ochib berdi va olib bordi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobi chop etildi.
Mazkur kitob-albom millatimiz qahramonlariga ehtirom sifatida yaratildi. Unda Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshib, “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan bir yuz uch nafar yurtdoshimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Mazkur kitobda hayotning turli sinovlariga qaramay sabot bilan mehnat qilib, xalqimiz farovonligi yoʻlida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta boʻlgan zamondoshimizning umr yoʻllari aks etadi.
Tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq artisti, Munojat Yoʻlchiyeva, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Senat aʼzosi Farmon Toshev va boshqalar qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring