Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.
“Azim Shofirkon yulduzi” fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini namoyon etgan. Dehqonchilikda esa eski qovun navlarini qayta yaratish, hosildorlikni oshirish kabi faoliyat bilan shugʻullangan. 1996−2007-yillarda Buxoro jamoa xoʻjaligi lavozimida ishlagan.
Azim Latipov 1996-yilda “Shuhrat” medali, 2002-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan, uch marta Senat aʼzoligiga saylangan, 2004−2019-yillarda Senatning Agrar, suv masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi sifatida ishlagan. Marhum Azim Latipov 2004-yildan xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring