Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi yakunlandi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pekin shahriga tadbirlarga boy amaliy tashrifi yakunlandi.
Tashrif chogʻida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin va Vyetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, ushbu mamlakatning yetakchi “Ameri International”, “CAMCE”, “China Energy”, “State Grid” korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga “Bir makon, bir yoʻl” uchnchi xalqaro forumiga kelgan delegatsiyalar rahbarlarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.
Yubiley forumning ochilishida qatnashib, davlatimiz rahbari “yashil” taraqqiyot masalalariga bagʻishlangan yalpi sessiyasida nutq soʻzladi, Xitoy hamda “Makon va yoʻl” tashabbusining boshqa ishtirokchilari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi. “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring