Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha tashabbuslari xalqaro darajada qoʻllab-quvvatlanmoqda — BMT vakili

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Avval xabar berganimizdek, 11-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Ashxobod shahrida Turkmaniston betarafligining 27 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Muloqot – tinchlik garovi” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Turkiy davlatlar tashkiloti, Yevropa Ittifoqi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlarning diplomatik korpuslari va xalqaro tashkilotlarning Ashxoboddagi vakolatxonalari rahbarlari qatnashdi.
Anjumanda soʻzga chiqqan BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili oʻrinbosari, BMTning Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasi rahbari Markus Potselning soʻzlariga koʻra, afgʻon zaminida tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishi, umummilliy kelishuvga erishish, inklyuziv siyosiy jarayonning taʼminlanishi Afgʻoniston bilan muloqotni davom ettirish zarurligini taqozo qiladi.
Shu nuqtayi nazardan, BMT vakili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13-oktyabrda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning VI sammiti doirasida ilgari surgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Markus Potselning taʼkidlashicha, ushbu noyob format afgʻon muammolari boʻyicha global miqyosda keng kelishuvga erishish va Afgʻoniston muvaqqat hukumati bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring