Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yoʻnalishda yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki mamlakat parlamentlari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari va uchrashuvlari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Milliy majlis spikeri oʻrinbosari Yanosh Latorsai ishtirok etdi. Yil yakuniga qadar Vengriya parlamenti spikeri oʻrinbosari va Iqtisodiyot qoʻmitasi rahbarining Oʻzbekistonga, mamlakatimiz parlament delegatsiyasining Budapesht shahriga tashrifi amalga oshiriladi.
Imzolangan bitimlarni amalga oshirishga koʻmaklashish, doʻstlik guruhlari ishini faollashtirish, eng avvalo, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashish uchun tegishli qoʻmitalar oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring