Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi

12:32 06 Iyul 2024 Siyosat
480 0

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Vengriya koʻp qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

«Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. May oyida Toshkent shahrida qoʻshma Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va biznes forumi samarali oʻtkazildi», deyiladi xabarda.

Qayd etish lozimki, ikki mamlakat oʻrtasida keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki barobar oshdi, qoʻshma loyiha va korxonalar soni ham koʻpaymoqda. Joriy yilning 30-iyunidan Toshkent va Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar tiklandi.

Shuningdek, uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasining yangi prezidentini tabriklagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?