Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni «Markaziy Osiyo — YI« birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻtgan yil yakunlariga koʻra 1,1 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari barqaror oʻsib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgalikda «Shovot — Toshovuz« chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda. Faol hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam oʻtkazilmoqda.
Boʻlajak oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va koʻp tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, keng qamrovli hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring