Oʻzbekiston Prezidenti Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud keng imkoniyatlarni qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni qoʻshma Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari boʻyicha vazir-delegati Olivye Besht boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Mamlakatimizda Fransiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surish va jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv avvalida vazir Olivye Besht Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.
Davlatimiz rahbari bugun kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida oʻtgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda “Medef” harakati ishbilarmonlar missiyasi joriy yil aprel oyida mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
“Yashil” iqtisodiyot, qazib chiqarish tarmogʻi, turizm infratuzilmasi va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan strategik loyihalar izchil borayotgani qayd etildi.
Fransiya kompaniyalarida shaharsozlik, transport, toʻqimachilik sanoati, yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi ortib bormoqda.
Oʻzbekiston yetakchisi Oʻzbekiston-Fransiya savdo palatasini taʼsis etish va ishbilarmonlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish borasidagi rejalarni qoʻllab-quvvatladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring