Oʻzbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga hamdardlik bildirdi

21:04 01 Mart 2026 Siyosat
418 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

“Yaqin Sharqdagi vaziyatni atroflicha muhokama qildik. Birlashgan Arab Amirliklari bilan birdamligimizni bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy hamdardligini yetkazdik”, — deydi Baxtiyor Saidov.

Shuningdek, muloqot davomida davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilgan holda barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish muhimligi taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер