O‘zbekiston Prezidenti AQSH Prezidentining maxsus vakilini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Serjio Gor AQSH Prezidenti Donald Trampning samimiy salomini yetkazdi.
Joriy yil 5-sentyabr kuni ikki mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqotida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Jadal siyosiy muloqot, turli darajadagi delegatsiyalar almashinuvi hamda ishbilarmonlik aloqalari sur’ati ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shu kunlarda Nyu-York shahrida AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan ko‘plab samarali uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi. Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati 100 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.
Yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun AQSH Eksimbanki va “DFC” jamg‘armasi imkoniyatlaridan foydalanish, ularni amalga oshirishni jadallashtirish uchun qo‘shma Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita ta’sis etish muhimligi qayd etildi.
Xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring