Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlatimiz rahbari Dushanbe shahrida oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Rossiya“ formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.
Boʻlajak tadbirlar kun tartibidan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, energetika va infratuzilma sohalarida kooperatsiya qilish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari oʻrin olgan.
Yetakchilar xalqaro kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashning dolzarb jihatlarini ham muhokama qiladilar.
Sammitlar yakunida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator qoʻshma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring