Oʻzbekiston – Pokiston: Yirik loyihalar muhokamasi

12:36 24 Mart 2022 Iqtisodiyot
1077 0

Foto: «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Matbuot xizmati

Maʼlumki, joriy yilning 3-4-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokiston Islom Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari pokistonlik ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish, xususan, toʻqimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari, bank-moliya, kimyo sanoati va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Hamkorlikning yangi yoʻnalishlari, turli sohalarda mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilib,istiqbolli loyihalar muhokama qilingan edi.

Bugun Oʻzbekiston va Pokiston Islom Respublikasi davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash, bir qator investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasida Pokiston Islom Respublikasi Davlat vaziri, investitsiya Kengashi raisi Muhammad Azfar Ahsan raisligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida hamkorlikda faoliyat olib borish, hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mamlakatdagi investitsiya muhiti, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha soʻz yuritildi.

Tadbirda davomida yigʻilganlarga Oʻzbekistondagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport koʻlami, tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan haqida toʻliq maʼlumot berib oʻtildi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mahalliy qurilish materiallari eksportini oshirish, hamkorlikda investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Pokiston delegatsiyasi vakillari Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoatiga yuksak baho berarkan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish boʻyicha hamkorlikda faoliyat olib borish taklifini bildirishdi.

Uchrashuv soʻnggida oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash, qurilish materiallari eksportini kengaytirish, hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

«Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi

Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер