Oʻzbekiston va Rossiya parlamentlari yuqori palatalari hamkorligi boʻyicha komissiyaning oʻninchi majlisi Qozonda oʻtkaziladi
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha komissiyaning oʻninchi majlisida ishtirok etadi.
Majlisda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, turizm va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi vakillari va Tatariston Respublikasi Turizm davlat qoʻmitasi rahbarlari bilan uchrashuvlarini oʻtkazish hamda Tatariston Respublikasining zamonaviy texnologik infratuzilmalari bilan tanishish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring