Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH ishtirokchi davlatlari Assambleyasining kuzgi sessiyasida qatnashdi

18:03 18 Noyabr 2023 Siyosat
962 0

Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi 16-17-noyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi.

Xususan, Oʻzbekiston vakillari MDH PA siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik hamda ijtimoiy siyosat va inson huquqlari boʻyicha doimiy komissiyalarining majlislarida ishtirok etdilar.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari aʼzolari MDH Yoshlar Parlamentlararo Assambleyasining yigʻilishida Internetda axborot xavfsizligi masalasini muhokama qildilar.

MDH PA Kengashining majlisida 2023-yilda oʻtkazilgan tadbirlar sarhisob qilindi, MDH hududidagi saylov kampaniyalari monitoringi haqidagi maʼlumotlar tinglandi. Bundan tashqari, MDH PAning bir qator doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Hamdoʻstlik parlament aʼzolari bilan birga xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining yalpi majlisida esa sogʻliqni saqlash, ekologiya, xavfsizlik va huquq sohalariga oid bir qator namunaviy qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlash joiz, namunaviy qonun ijodkorligi Assambleyaning asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Namunaviy qonunlar Hamdoʻstlik mamlakatlari parlamentlari aʼzolari tomonidan ishlab chiqiladi va ular tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер