“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi tashkil etildi.
Uyushma tuzilmasida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashni taʼminlovchi maslahat organi — Paxta-toʻqimachilik klasterlari kengashi ham tuziladi.
Shuningdek:
- paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini hamda ular tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish;
- paxta-toʻqimachilik klasterlarini hududlar salohiyatining rivojlanish istiqbollaridan, xomashyo bazasi, mavjud infratuzilma, mehnat resurslari va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda joylashtirishga koʻmaklashish;
- paxta xomashyosini yetishtirish jarayoniga ilgʻor agrotexnologiyalar hamda resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishning shaffof mexanizmini yaratish;
- yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish hamda mazkur jarayonlarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
- paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini rivojlantirish uchun unifikatsiyalangan imtiyoz va preferensiyalar koʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish kabilar uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Bundan tashqari:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanish, paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni takomillashtirish maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Ularning faoliyati idoralararo komissiya hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan baholanishi belgilandi.
Qaror bilan, shuningdek:
- paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi;
- paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash boʻyicha hududiy ishchi guruhning namunaviy tarkibi ham tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring