Oʻzbekiston oʻzining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Tether kompaniyasi Oʻzbekistonda kripto-aktivlar va blokcheyn infratuzilmasi sohasida texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻzaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.
Hujjatga koʻra, tomonlar Oʻzbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy oʻsish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishda hamkorlik qiladi.
Oʻzaro hamkorlik, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, CBDC (Central Bank Digital Currency) va aktivlarni tokenizatsiya qilish texnologiyalarini joriy etish, blokcheyn va kripto-aktivlar texnologiyalari sohasida aholining xabardorligi va savodxonligini oshirish maqsadida taʼlim tashabbuslari sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan boʻladi.
“Tether va Agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida Oʻzbekistonning raqamli valyutasini yaratish boʻyicha hamkorlik qiladi”, deyiladi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring