Oʻzbekiston Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi qoʻshma deklaratsiyaning imzolanishini olqishlaydi — TIV
Oʻzbekiston Respublikasi Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik muzokaralarida muhim natijaga erishilganini olqishladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 35-yil davom etgan mojarolardan soʻng, kecha, 8-avgust kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida tinchlik deklaratsiyasini imzoladi.
Kelishuvga koʻra, ikki davlat urushni toʻxtatish, diplomatik munosabatlarni ochish va bir-birining hududiy yaxlitligini hurmat qilish majburiyatini olgan.
“Kuni kecha Vashingtonda tarixiy Qoʻshma deklaratsiyaning imzolanishiga Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qatʼiyati, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining faol tinchlikparvar saʼy-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz”, deyiladi Oʻzbekiston TIV bayonotida.
Shuningdek, bayonotda Oʻzbekiston barcha tomonlarning koʻp yillik mojaroni bartaraf etishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholashi alohida qayd etilgan.
“Janubiy Kavkazda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikning imkon qadar tezroq oʻrnatilishi keng mintaqamizdagi barcha xalqlar manfaati uchun yirik transport va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi”, deya ishonch bildirgan Oʻzbekiston tomoni.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring