Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk marotaba xokkey boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi
Bugun Oʻzbekiston U-18 xokkey terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa Tailandda oʻtkazilayotgan boʻlib, terma jamoamiz III divizionning “B” guruhida raqobat olib boradi. Yosh xokkeychilarimiz uchun ushbu chempionat tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, ularning ilk raqibi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoasi boʻladi.
Chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etish Oʻzbekiston U-18 jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agar yoshlarimiz 1-oʻrinni qoʻlga kiritishsa, kelgusi yilda III divizionning “A” guruhida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu esa mamlakat xokkeyi rivoji uchun katta qadam boʻlishi mumkin.
Terma jamoamiz musobaqada quyidagi jadval boʻyicha oʻyinlar oʻtkazadi:
28-fevral – Oʻzbekiston – JAR (14:30)
1-mart – Lyuksemburg – Oʻzbekiston (14:30)
3-mart – Turkmaniston – Oʻzbekiston (14:30)
4-mart – Oʻzbekiston – Bosniya va Gersegovina (11:00)
6-mart – Tailand – Oʻzbekiston (18:00)
Barcha oʻyinlar Toshkent vaqti bilan belgilangan. Oʻzbekiston terma jamoasi oʻzining birinchi jahon chempionatida qanday natijalar qayd etishini muxlislar katta qiziqish bilan kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring