Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Jahon chempionatining keyingi bosqichiga yoʻl oldi
Bugun, 11-noyabr kuni Qatar mamlakatida boʻlib oʻtayotgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasining 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi panamalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqdi.
Uchrashuv “oq boʻrilar”ning 6:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Abubakr Shukurillayev, Sayfiddin Sodiqov, Sadriddin Hasanov, Jamshid Rustamov, Asilbek Aliyev va Abdusamad Saidov mualliflik qilishdi. Panama termasining yagona javob goli esa Jozep Pacheko xisobiga yozildi.
Shu tariqa, guruh bosqichida 6 ochko jamgʻargan Islom Ismoilov shogirdlari musobaqaning keyingi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Jamoaning 1/32 bosqichdagi raqibi keyinroq maʼlum boʻladi.
Maʼlumot uchun, Jahon chempionatining keyingi bosqichi 14-noyabr kuni start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring