Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Ozarbayjon Milliy Mejlisi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova oʻrtasidagi uchrashuv doirasida 2025–2026-yillarga moʻljallangan Parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) imzolandi.
Mazkur hujjat Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni aniq maqsadlar va amaliy yoʻnalishlar asosida mustahkamlashga xizmat qiladi. Tomonlar bu reja ikki mamlakat oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarida muhim asos va “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.
Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlash maqsadida Parlamentlararo komissiya faoliyati reglamenti ham imzolandi.
Ushbu reglament ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida tizimli muloqot va hamkorlikni taʼminlashda muhim vosita boʻlishi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring