Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston 2,8 milliard dollar mudofaa byudjeti bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda “Global Firipowerning” 2025-yilgi hisobotida qayd etilgan.
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.
Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.
GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat — AQSH (895 milliard dollar), Xitoy (267 milliard dollar), Rossiya (126 milliard dollar), Hindiston (75 milliard dollar) va Saudiya Arabistonidir (74 milliard dollar).
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston harbiy salohiyati boʻyicha 145 mamlakat orasida 58-oʻrinni egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring