Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi shahridagi “Al Nahyan Stadium” stadionida boʻlib oʻtadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Maʼlumot uchun, BAA – Oʻzbekiston bahsi uchun tanlangan “Al Nahyan Stadium” stadioni kichik hajmli boʻlib, 15 ming muxlisga moʻljallangan. Ushbu yashil maydon BAAdagi “Al-Vaxda” klubining uy stadioni hisoblanadi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu jamoa safida terma jamoamiz aʼzosi Hojimat Erkinov toʻp tepadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi soʻnggi bahsini 10-iyun kuni Bunyodkor stadionida Qatarga qarshi Oʻtkazadi. Mazkur bahs Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan soat 18:45 da start olishi belgilangan.
Ayni paytda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhida 17 ochko jamgʻargan holda 2-oʻrinni egallab turibdi. BAAda 13 ochko, Qatarda esa 10 ochko mavjud. Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi safardagi bahsda erishiladigan durang ham Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring